First Impression Artwork: brend va savdoni qayta ishga tushirish
Marketingni tizimlashtirish
2022-2024
BAA
Proekt haqida
First Impression Artwork – BAA studiyasi: go’daklarni, homiladorlik davri va oilaviy suratga olish, layf kasting, qo‘shimcha mahsulotlar (albomlar, polotnolar, bezaklar) bilan shug‘ullanadi. Kompaniya 2012-yildan beri barcha amirliklarda faoliyat yuritib kelmoqda.
Proekt maqsadi: premium segmentda yetakchilikni qaytarish, vizualni yangilash, sayt va katalogni tartibga keltirish, marketing va tahlilni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha sotuvlari bo‘lgan barqaror voronkani ishga tushirish.
Brend va vizual
Premium segmentda brendning o’rnini kuchaytirish va barcha kommunikatsiyalarni bir tashqi ko’rinishga o’tkazish. Mijozlarda oson taniladigan imidj yaratish
Sayt va CRM
Yangi veb-saytni ishlab chiqish va interfeysni foydalanuvchi uchun maksimal darajada tushunarli qilish
Marketing va savdo bo‘limi uchun qabul qilingan arizadan tortib sotuvgacha bo‘lgan mijozning yo’lini CRM tizimda shaffof qilish
Digital marketing
Instagram, TikTok, Google Ads va SEOda mijoz jalb qilish narxini optimallashtirish. Barqaror mijozlar oqimini ta’minlash uchun target reklama yuritish
Jarayon va asosiy vazifalar
Bozor to’yinib ketgan: o‘xshash takliflarga ega o‘nlab studiyalar mavjud. Mijozda tarqoq tashuvchilar (PDF-kataloglar, onlayn va oflaynnning turli uslublari), yaxlit bo‘lmagan tahlil, so‘rovlarga qo‘lda javob berish, zaif voronka kabi muammolar bor edi.
Biz yagona brend kodini ishlab chiqdik va barcha aloqa nuqtalarini moslashtirdik: sayt, ijtimoiy tarmoqlar, studiya, bosma materiallar. Saytdagi navigatsiyani oilaning odatiy ssenariylariga moslashtirdik: homiladorlik, chaqaloq, bolalar, tadbirlar. PDF narxlar va vitrinalarni paketlar va apsellarning tushunarli tuzilishiga ega bo‘lgan veb-sahifalarga o‘tkazdik.
Vizual va kontent: pastel ranglar, tartibli tipografika, xotira va yaqinlikka urg‘u berilgan yagona paket kartochkalari.
Marketing: Instagram/Facebook reklamalari, Google Qidiruv/Samaradorlik, TikTokni ishga tushirish. Tahlil va sotuvlar: UTM-belgilash, qo‘ng‘iroqlarni kuzatish, CRMdagi hodisalar, WhatsApp’dagi avtomatik xabarlar (albomlar, polotnolar, bezaklar) orqali mijozlarni ushlab qolish va qo‘shimcha sotuvlar uchun.
Natija
CPL bir qator takrorlanishlardan so‘ng 120 AED dan 90 AED dan past darajaga tushdi. Tuzilmali sahifalar va yaxlit brend kodi tufayli organik trafik oshdi. Sayt sohadagi asosiy so‘rovlar bo‘yicha top 10 talikka kirdi.
Qo‘shimcha sotuvlar (kastinglar, bezaklar, devor san’ati) aylanmaning sezilarli ulushini bera boshladi - sikl oxiriga kelib chorak qismga yetdi. Jamoa narx pozitsiyasini segmentning yuqori qismiga qaytardi. Qabulxona CRM va tayyor javob ssenariylari tufayli yengillashdi.
Paketlar vitrinasi shaffof bo‘ldi: mijoz tezroq tanlaydi, menejer kamroq tushuntiradi. Voronka nafaqat yozuv uchun, balki keyingi qo‘shimcha sotuvlar uchun ham ishladi - ayniqsa chaqaloqning birinchi sanalari uchun.
120 AED … <90 AED
Yangi mijoz jalb qilish narxini (CPL) chegirma va ortiqcha reklamasiz optimallashtirdik
TOP-10 Google
SEO optimallashtirish orqali qidiruv tizimlarida saytning o’rnini va trafikni kuchaytirdik
10% gacha … 27%
Qayta sotuv jarayonini yo’lga qo’yib, biznes uchun doimiy mijozlar bazasini yaratdik
Bizning ekspert xulosamiz
Tizimli yondashuv o‘ta qizigan sohada g‘alaba qozonadi. Yagona brend kodi ishonchni oshiradi, aniq navigatsiya va tushunarli paketlar to‘siqlarni kamaytiradi, CRM bilan to‘liq tahlil esa chiroyli kadrlarni boshqariladigan iqtisodiyotga aylantiradi. Oila/chaqaloq formatidagi studiyalar uchun bu oldindan bashorat qilingan qo‘shimcha sotuvlar hisobiga arzonroq lid va yuqori o‘rtacha chekni anglatadi.
BATAFSIL MA'LUMOT OLISH
Biznesingiz uchun mos samarador yechimlar olish uchun kontaktlar qoldiring